Asosiy mavzular
20 dekabr 2022

EP51: Svetsiz transformator, buzilgan raqobat, gaz tanqisligi va bozor muammosi

«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan.

Yangi transformator o‘rnatilganiga qaramay, ayrim hududlarda hanuz chiroq yo‘q

“Samarqand viloyati Toyloq tumani Bog‘izog‘on mahallasida joylashgan podstantsiya transformatorida 2022-yil 11-dekabr kech soat 19:30 da ro‘y bergan yong‘in sababli ayrim hududlar elektrsiz qolgan edi. 12-dekabr dushanba kuni podstansiyada yangi transformator o‘rnatilganiga qaramay, ayrim hududlarda hanuz chiroq yo‘q. Mutasaddilardan iltimos, elektrni to‘liq ta'minlab berishsin”.

Laborator xizmatlar haqida buyruq: tenglik, ochiqlik, raqobat tamoyillari buzilmoqda…

“Men – Shohrux Fayzullaev, Toshkent viloyati Nurafshon shahridan murojaat qilyapman. Biz 2019-yilda kichik klinika – diagnostika markazi ochganmiz. Shu kungacha aholiga qo‘limizdan kelgancha UZI tekshiruvi, laboratoriya tahlil kabi xizmatlar ko‘rsatib kelyapmiz. Klinika faoliyatini kengaytirish maqsadida 2021-yil dekabr oyida auktsion orqali Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani markaziy poliklinikasidan 5 yil muddatga laborator xizmatlar ko‘rsatish uchun bitta xona yutib olganmiz. Ijara shartnomasi asosida oylik to‘lovlarni to‘lab kelmoqdamiz.
2022-yil yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirining Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha oilaviy poliklinikalar laborator xizmatlarini “INTYeRMYeD Innovation” MChJga o‘tkazish haqida buyrug‘i chiqdi. Unda boshqa klinikalar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinsin deyilgan. Bu buyruqqa hech qanday e'tiroz bildirilmadi. Aslida, vazirlikning shunday buyruq chiqarishga haqqi bormi? Bu o‘rinda tenglik, ochiqlik, raqobat tamoyillari buzilmoqda-ku.
Bizdan xonani bo‘shatish talab qilindi. Aytishlaricha, bu laboratoriya sog‘liqni saqlash mansabdorlaridan biriga tegishli ekan. Biz xonani qonuniy tartibda, kimoshdi orqali yutganmiz. Holat bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘raymiz”.

«Kosondagi namunali uylarda gaz yo‘q»

“Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mesit MFYda 2014-yilda qurilgan namunali uylarda gaz yo‘q. Holbuki, quvur o‘tgan. Qish mavsumida uylarni isitishga ruxsat berilsa zo‘r bo‘lardi»

Bozor yo‘lagida do‘kon qurishmoqchi

“Hududimizdagi bozorning odamlar o‘tadigan yo‘lagida savdo do‘koni qurishmoqchi. Bu holat shaharsozlik talabiga to‘g‘ri keladimi?”

Farzandlarimiz o‘qishi to‘langan pul qaerga ketyapti?

“Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon shaharchasidagi ota-onalar nomidan yozmoqdamiz. 52-maktab qoshida nodavlat ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi. Bu ta'lim maskanining yotoqxona va o‘quv xonalari achinarli holatda. Farzandlarimiz o‘qishi uchun har oy 700 ming so‘mdan to‘lov qilamiz. Bu pullar qaerga ketyapti – bilmadik. O‘qitish tizimi ham ko‘ngildagidek emas. Ta'lim maskanida o‘qish sifati oshirilishi va munosib sharoit yaratilishida mutasaddilardan amaliy ko‘mak kutib qolamiz”.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
2 mart 2018
Prezident Mirziyoevning 28 fevralda chiqargan «vinochilikni rivojlantirish» haqidagi qarori ortidan respublika nashrlari birin-ketin bu mavzuni tashviq qila boshlashdi. «Xalq ...
15 iyun 2016
Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida ...
1 dekabr 2023
Kuzakning oxirgi oyidamiz. Anomal qish «atmen» Dekabrda havo harorati 22 daraja issiq bo‘ladi.  O‘tkan yildagi kabi sovuqdan qaltirash yo‘q. ...
27 aprel 2017
Karimov nomini abadiylashtirish qarori bo‘yicha tanlov yakuniga ko‘ra, haykaltarosh Ilhom Jaborov uning haykalini barpo qiladigan bo‘ldi. U ilgari Amir ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...