Catira
4 oktyabr 2023

Rassom Tuz: Egilgan o‘zbek haykali haqida

Etnomillatchi avom Xilton mehmonxonasidagi haykalni urkaltak sazoyi qilib yotibdi. Sababi: Haykaldagi o‘zbek egilib turibdi ekan. Iddao: O‘zbek egilmasmish!

Bu gapni Kaufman etigini o‘pkan, Stalinga sig‘inib, Karimov mozorini yalab-yulqab yotgan to‘da vakillari aytyapti.»Egilgan boshni qilich kesmas, » degan maqol mansubi bo‘lganlar aytayapti. To‘ylarda kelinlarga «Egilib, bukilib salom» berdiradigan demode urodlar aytmoqda. Salimboy kavushini tozalab, egilib turishni sharaf deb biladiganlar aytmoqda.

Ularga haykalga «do‘ppi» kiydirilgani yoqmabdi. Birinchidan bunday do‘ppini tojiklar ham kiyadi. Chust aholisi aksar tojik. Millatga nomi berilgan qo‘ng‘irot, mang‘it yoki boshqa o‘zbeklar gulli gilam do‘ppi kiygan.

Bu johillar haykaltaroshlik san'ati nimaligidan bexabar. Dunyo ilmidan mosuvo qolib maktabda inshodan besh olgan soxta ziyolilar.

Jimish!!! Tek o‘tirish!!! San'at asariga osilishma. Basharang qiyshiq bo‘lsa ko‘zgudan o‘pkalashma, ipirisqilar.

Dunyoga qul yetkazib beruvchi rekord qirganlarning surati egilgan odam shaklida bo‘ladi. Yaqinda bir kelin ajrashib qaytib keldi. Umraga borib kelgan qaynona har kuni oyog‘ini o‘ptirganidan bezor bo‘lib qaytib keldi.

Oyoq o‘pish, etak o‘pish, patinka yalash, tiz cho‘kish, to‘nqayishdan boshqa bir ishga keyingi 200 yilda yaramagan to‘daga jim turish yarashadi.

Narxing shu! Boring, koring shu!!! O‘zim – kal, ko‘nglim – nozik deganing bilan majruhlik kompleksidan tuzalib ketishmaysan.

Dilpuzni aytishicha, Xilton mehmonxonasida kimdir egilib turgan dekorativ haykalga prikol uchun do‘ppi kiydirib, rasmga olib, do‘stlariga jo‘natgan. Keyin esa Bobojonovning mirshablari kosmik tezlikda harakat qiib «jinoyatchi hazilkash», ni topib, 15 sutkaga qamashibdi.

Bu «jazo» – sudlov tizimida ishlaydigan vaqtida pora bilan o‘qishga kirgan huquqiy savodsiz jinni sudyalar uchun diganoz.

Tarmoq shovqinidan qo‘rqib, talmovsirab qolgan Ichki ishlar tizimi uchun esa – sharmandalik.
Yangi O‘zbekiston peshtoqiga «jinnixona» deb yosa biram yarashib turadi.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2020
The North Face kompaniyasi sankt-peterburglik shaxsning ayni markadagi yangi botinka ichidan topgan, mahkum uyg‘urning yordam so‘ragani bitilgan xati yuzasidan ...
30 yanvar 2020
Qozog‘iston Xitoyga va Xitoydan yӯlovchilar transporti qatnovini to‘xtatish bilan birga Xitoy vatandoshlariga viza berishni ham cheklamoqda.  Bu haqda mamlakat ...
8 fevral 2017
Namanganlik kuyov, ayni paytda tibbiyot ko‘rigi bo‘limi mijozi Ibodulla Boymatov o‘zi olgan videoni Eltuzga jo‘natdi. «Arshin mololon» kinosidagi kuyov ...
16 iyun 2016
Pilla qurti boqish turli tashkilotlar, tibbiyot va ta'lim muassasalari qatorida fermer xo‘jaliklari uchun ham qo‘shimcha majburiyatdir.  Quyida bir fermer ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...