Asosiy mavzular
27 aprel 2022

Allamjonov haq bo‘lsa, unda nega Eltuz bloklangan?

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirdagi chiqishida Karimov davrida tsenzura bo‘lgani haqida gapirdi. Bu videoni u 27 aprel kuni o‘z feysbuk sahifasida e'lon qildi.

«Xalqaro tashkilotlar rahbarlari, huquq himoyachilari, Yevropa va Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘zbek matbuotining kechasi, buguni va ertangi kuni qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi mulohazalarimni bildirdim», deya izoh qoldirdi Allamjonov o‘z sahifasida.

Shuningdek Allamjonov o‘z nutqida Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin, turli yutuqlar qatorida tuhmat va haqorat uchun jurnalist va blogerlarga nisbatan qamoq jazosini bekor qilinishiga erishilgani haqida ham gapirdi.

Mirziyoev davrida jurnalist va blogerlar faoliyatiga bo‘lgan munosabat o‘zgargani haqidagi Allamjonov iddaolari savollar uyg‘otadi.

Chunki, 2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda aybdor deb topib, uni 3 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqargan edi. 

Boboniyozovning prezidentdan ketishni talab qilib shippakni yerga irg‘itgani aks etgan videoni tarqatgani sud hukmiga sabab bo‘lgan edi.

JKning 158-moddasi 3-qismida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilishda aylanganlar uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatilgan. 

Aynan prezidentga tuhmat va haqorat moddasi bilan ayblangan jamoatchilik faoli Valijon Kalonov esa  2021 yil 3 fevral  kuni ruhiy shifoxonaga yotqizilgan va hamon u ozod etilmagan.

O‘tgan yilning 10 mayida esa Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani sudi bloger Otabek Sattoriyni 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqargan edi. 

Joriy yilning yanvarida esa “LGBT targ‘ibotchisi” sifatida ko‘riladigan bloger Miraziz Bozorovga nisbatan sud 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. 

Allamjonov shuningdek, Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin Bi Bi Si, Nemis to‘lqini, Fergana.ru kabi bir qancha saytlardan to‘siqlar olib tashlangani haqida gapirdi.

Yana savol tug‘iladi. Agar horijiy saytlardan to‘siqlar olib tashlangan bo‘lsa, u holda Eltuz sayti nega O‘zbekistonda xamon bloklanganicha qolmoqda?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2017
“Istanbul xavfsizlik idorasi bu isqirtni “o‘zbek” deb aytdi, bundan oldin qirg‘iz va uyg‘ur degan gapni aytgan edi», deya yozdi ...
12 sentyabr 2016
Bosh Vazir Shavkat Mirziyoev o‘zining mushtumzo‘rligi bilan, shuningdek, Toshkentdagi aholi uy-joylarini, garajlarini buzish, poytaxt aholisini ommaviy tarzda shahar chekkasidagi ...
14 yanvar 2019
Quyidagi maqolada keltirilgan ma'lumotlar Davlat havfsizlik xizmati tarkibida ishlaydigan shaxsdan kelib tushdi. O‘zbekiston kabi yopiq mamlakatda davlat organlari ko‘p ...
29 dekabr 2020
2020 yilda Milliy gvardiya tashabbusi bilan Uchtepa tumani hokimligi va Toshkent shahri IIBB hamkorligida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...