Asosiy mavzular
21 noyabr 2021

Feruzalarga doimo qiyin bo‘lgan

Siyosatchi bo‘lish¸ siyosatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga yozuvdim sal oldin. «Senga gul otgan olomon siyosatga kirganingdan keyin tosh otadi. Tirnog‘ing ostidan kir qidiradi» va ularda bu haq bor. Chunki siyosatga kirgan odam saylovchiga bu huquqni beradi. Chidaganga chiqargan. Urushda turish yo‘q.

Endi bugungi o‘zbek jamiyatida ayol boshing bilan siyosatga kirish o‘n marta og‘ir. Chunki omma nazarida xotinning o‘rni o‘choqni yonida. Qo‘li kosov, sochi supurgi bo‘lib uyda ko‘milib o‘tirishi kerak. Shu ma'noda o‘rtachirchiqlik deputat Feruza Babasheva zimmasidagi yuk o‘ta og‘ir. Uning ahvoli tegirmon bilan kurashgan Don Kixot ahvolidan og‘ir.

Don Kixotning yonida Sancho bor edi har holda. Hozir Feruza bilan gaplashib, dardini tingladim. «Bir narsani bilmasangiz, yozmang! Boshqalar ham yozmasin, tanasi boshqa dard bilmas», dedi Feruza:

«Mening boshimdan nimalar o‘tganini siz qaerdan bilasiz? Buni sizning qizingiz, farzandsiz har kuni uyingizga yig‘lab kelsa bilasiz, 100 martalab o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lsa bilasiz. Yomon yo‘lga yurmay, birovga 2, 3, 4, 5-xotin bo‘lmay, deb farzand olib boqsa bilasiz. Erining xiyonatidan keyin ajrashib, 11 yil yolg‘iz yashasa bilasiz. Allohdan tilab olgan bolasini ko‘ngli, qadri uchun oilam bor, deb yursa bilasiz. Umrini, hayotini, o‘zini nima bilandir ovutib, Vatan uchun, xalq uchun beminnat ishlab yursa bilasiz. O‘zida yashash uchun kuch topib yursa bilasiz. Noshud, pastkashlar qo‘lida xo‘rlansa, xor bo‘lsa bilasiz…

Ayting-chi, meni muhokama qilish sizgami shunda? Mening indamaganim zaifligim emas!»

Suhbat davomida Feruza uning boshiga tushgan ko‘rgulik hech bir xotin-qiz boshiga tushmasligini tiladi.

Joriy yilning 7 avgustida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir videoda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonida jinsiy aloqa qilayotgan juftlik aks etgan. Unga berilgan izohda videodagi ayol jurnalist Feruza Najmiddinova deya taqdim qilingan va bu isbotini topmagan edi.

1964 yili Latif Fayziev «Ulug‘bek yulduzi» degan filmni suratga oldi. Maqsud Shayxzoda asari asosida olingan bu filmda sultonning Feruza ismli xotini maxalliy xalq g‘iybati markazida qoladi. Feruzalarga doimo qiyin bo‘lgan.

Rassom Tuz.

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
5 sentyabr 2023
O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini «reforma qilish» tashabbuskori bo‘lgan Tohir Mirjaparov 15 nafardan ziyod voyaga yetmaganlarni ichirib, hushidan ketkazib, muntazam zo‘rlab ...
19 noyabr 2019
Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar ...
6 mart 2017
Aleksey Navalniyning ma'lumotlariga ko‘ra, Dmitriy Medvedevga aloqador jamg‘armalar hisobiga “kamida 70 milliard rus rubli hajmidagi mablag‘ va mulk o‘tkazilgan». ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...