Asosiy mavzular
4 aprel 2018

San'atkorlar to‘y-hashamlarni cheklashga qarshi chiqishmoqda

«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda bevosita qatnashgan ishtirokchilardan biri «Eltuz»ga ma'lum qildi.

Majlis qatnashchisining «Eltuz»ga bildirishicha, to‘ylarda san'atkorlar tomonidan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish, xizmat narxlarining eng yuqori miqdorini belgilash, shuningdek, oilaviy tadbirlarga faqat bir nafar san'atkorni (guruhni) jalb etish borasidagi cheklovlar bo‘yicha san'atkorlar fikrlari o‘rganilgan.

Muhokamadagi qonun loyihasi san'atkorlarning noroziligiga sabab bo‘lgan va bu qaror O‘zbekistonda san'at sohasining rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.

«O‘zbekkontsert» rasmiy vakilining uchrashuvda bildirishicha, san'atkorlar majlis muhokamasiga qo‘yilgan cheklovlardan norozi bo‘lganlar.

Rasmiy vakilning bergan ma'lumotiga ko‘ra, majlis yakuni bo‘yicha san'atkorlar Senatdan to‘ylarda bitta navbatchi san'atkordan tashqari qo‘shimcha ravishda uch yoki to‘rt san'atkorning ishtirok etishiga ruxsat berilishini so‘rashgan.

Majlis bo‘yicha boshqa batafsil ma'lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Mart oyining boshida, «Eltuz» nashri xabar berganidek, prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev to‘ylarni keskin tanqid qilgan va ular 150 kishilik bo‘lishini hamda ularni cheklash bo‘yicha Senat qarori chiqishini bildirgan.

Prezident Mirziyoev tanqidi ortidan 15 mart kuni «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror muhokamaga qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Senati esa to‘y-hashamlarni tartibga soluvchi yangi qarorni qabul qilishga shoshilmayapti.

Senat tomonidan mart oyining oxirida qabul qilinishi kerak bo‘lgan bu qaror ikkinchi marta qaytadan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hamda uning qachon qabul qilinishi va kuchga kirishi bo‘yicha «Eltuz»da hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
5 avgust 2018
1997 yili meni hayratga solgan voqea birinchi raketka ustasining otasi va murabbiyi Shteffi Grafning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ...
22 dekabr 2021
Dekabr oyi o‘rtalarida internetda Farg‘ona viloyati tug‘ruqxonasiga kelgan tug‘roq holatidagi ayol propiskasi boshqa joyda bo‘lgani sababli shifokorlar tomonidan qabul ...
28 iyul 2016
«Hurriyat» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish Jurnalistlar uyushmasiga qarashli monitoring guruhining mamlakat matbuoti joriy yilning ikkinchi choragida nima karomatlar ko‘rsatgani ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...